info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Аka-uka qilichbozlar — faxrimiz

Аka-uka qilichbozlar — faxrimiz
timeicon 22-07-2022

 

Sidikov Zafar – 19 yosh. Sportning qilichbozlik turi bilan 9 yildan beri muntazam shugʼullanib keladi.

Zafar Bishkekda oʼrta yoshlilar oʼrtasida oʼtkazilgan musobaqada 1-oʼrinni, kattalar oʼrtasidagi Oʼzbekiston chempionatida 2-oʼrinni egallagan. 2021-yil Oʼzbekiston kubogi gʼolibi boʼlgan.

Maqsadi — jahon chempioni boʼlish va Olimpiada oʼyinlarida yurtimiz shaʼnini himoya qilish.

Sidikov Muhammadyusuf – 18 yosh. U ham sportning shu turiga 9 yildan beri qatnashadi.

– Dadamning doʼsti qilichbozlik boʼyicha murabbiy boʼlgan. Ularga havas qilib, bizni ham shu sport turi boʼyicha toʼgarakka olib borganlar — deydi sportchi.

Muhammadyusuf qilichbozlik boʼyicha yoshlar va oʼsmirlar oʼrtasida Oʼzbekiston kubogi musobaqasining 2-oʼrin sovrindori. Olimpiya zaxiralari kollejlari oʼrtasida boʼlib oʼtgan "Olimpiya choʼqqilari" Oʼzbekiston chempionatida esa 1-oʼrinni qoʼlga kiritgan.

Аka-uka sportchilarga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech