Unga koʻra, sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼiy nazar dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 %lik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.
✅ Endilikda fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaxslarni ham jalb etish huquqi berildi.
✅ 2021-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida: subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olish boʻyicha arizalar 2021-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi va 2021-yil 25-dekabrgacha koʻrib chiqiladi.
✅Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
✅Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021-yil 10-dekabrga qadar amalda boʻlgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.
✅Subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiralarning maydoni va narxi 2021-yil uchun oʻrnatilgan kvartira maydonining eng koʻp meʼyori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham toʻlanadi.
✅2022-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidilar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida arizalar 2021-yil 25-dekabrdan boshlab qabul qilnadi.