Yangihayot tumanida ekologik barqarorlikni ta’minlash yo’nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Albatta, Yangihayot tumanida ham mazkur yo’nalishda bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasining Yangihayot tumani boʼlimining jami shtat birligi 5 nafar davlat inspektorlaridan iborat boʼlib, ushbu boʼlimning asosiy vazifalari atmosfera havosi, suv, yer, yerosti boyliklari, chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish, hayvonot va oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib boradi. Mazkur bo’lim tomonidan joriy yarim yillik davomida jami 400 marotaba reyd tadbirlari oʼtkazilib, 129 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Аniqlangan holatlar boʼyicha 60 mln. 924 ming soʼm maʼmuriy jarima qoʼllanilib, 50 mln. 160 ming soʼm undirilgan.
Shundan:
1) chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish boʼyicha 80 ta maʼmuriy jarima qoʼllanilgan;
2) oʼsimlik dunyosiga zarar yetkazish boʼyicha 4 ta maʼmuriy jarima qoʼllanilgan;
3) atmosfera havosini ifloslanishi boʼyicha 43 ta maʼmuriy jarima qoʼllanilgan;
4) suv va yer resurslarini ifloslanishi boʼyicha 2 ta maʼmuriy jarima qoʼllanilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yangihayot tumanida faoliyat olib borayotgan 13 ta avtomobil yuvish shaxobchalarida oʼrganish ishlari oʼtkazilib, aylanma tizimga oʼtilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi. Joriy yarim yillik davomida jami 50 marotabadan ortiq reyd tadbirlari amalga oshirilib, qonunchilik talablari ijrosi ustidan davlat ekologik nazorati tartibida jami 2 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi va Oʼzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 72-moddasi bilan 1 mln. 200 ming soʼm miqdorda jarima qoʼllanilib, barchasini undirish choralari koʼrildi.
Tumanimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʼyicha ham ko’plab ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2024-yil bahor mavsumida tasdiqlangan manzilli reja-grafikka asosan, jami 67 ming 970 dona manzarali, mevali daraxt va buta koʼchatlari ekilishi rejalashtirilgan. Аmalda 72 ming 980 dona manzarali, mevali daraxt va buta koʼchatlari ekilgan boʼlib, rejaga nisbatan 107,05 foiz bajarildi. Jumladan, tumandagi “Tashabbus” mahallasi hududida “Yashil bogʼ” va Mirzo Tursunzoda koʼchasida “Yashil jamoat parki” tashkil etildi. Kuz mavsumiga 39384 tup koʼchatlar ekilishi rejalashtirilgan boʼlib, hozirda manzilli dastur shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Tuman hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boʼlimi bilan hamkorlikda “Daraxtlarni asraylik” shiori ostida oʼtkazilayotgan aktsiyada tuman mahallalari va markaziy koʼchalarida joylashgan ost qismi betonlab tashlangan daraxtlarga nafas berish, yaʼni daraxt ildiz qismi tanasini betondan xalos qilib, kerakli agrotexnik tadbirlarini amalga oshirilishi maqsad qilib qoʼyilgan. Koʼrilgan choralarga asosan tadbir davomida tumandagi 72 ta ost qismi beton qoplama hamda 23 ta daraxtlar tungi yoritish chiroqlaridan ozod qilindi. Hozirgi vaqtda ushbu yoʼnalishda ishlar davom etib, joylarda tuman inspektorlari tomonidan kerakli profilaktik targʼibot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, ekilgan koʼchatlar boʼyicha asoslantirilgan maʼlumotlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligining “yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritilishi taʼminlandi. Shuningdek, ekilgan daraxtlarning sugʼorish tizimi boʼyicha har bir soha vakillariga majburiy koʼrsatmalar berildi. Ochiq byudjet portali orqali “Mening bogʼim” loyihasi doirasida 2 ta (Toshkent, Binokor) mahallarda bogʼ tashkil etish takliflari kelib tushgan boʼlib, Toshkent mahallasi 4R21-aylanma yoʼli boʼyidagi maydon tashabbusi gʼolib deb topildi va “Binokor” mahallasi Sholikor koʼchasidagi tashabbus ovoz yigʼish jarayonida. Davlat xizmatlari markazi orqali joriy yil 6 oyi davomida jami 74 ta ariza orqali 626 tup daraxtlarni kesilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 53 tasiga ya’ni 481 tup daraxtlarni tag qismidan kesilishiga rad javobi berilishi bilan daraxtlar saqlab qolindi. Tabiiy omillar taʼsirida zararlanib qurigan va insonlar hayoti, mol-mulkiga xavf solayotganligi yuzasidan 13 ta murojaatlar boʼyicha 102 tup qurigan daraxtlarni kesilishiga ijobiy xulosalar berilgan. Shu bilan birga xatlov oʼtkazish jarayonida 100 yoshdan oshgan daraxtlarni aniqlash, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida roʼyxatga olish va dalolatnoma rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi.
Yangihayot tumanida atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlaydigan korxonalar toifasiga koʼra, jami 65 tani tashkil etadi. Shundan 1 toifa 22 ta, 2 toifa 43 ta. Mazkur korxonalarning atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlovchi manbaalariga 67 ta chang-gaz tozalash uskunalari oʼrnatilgan. Ushbu chang-gaz tozalash uskunalarining 43 tasi faoliyat davri 10 yildan oshganligi aniqlangan.
Joriy yil davomida 25 ta korxonalarda atrof-muhitga taʼsiri boʼyicha 1 va 2 toifaga mansub xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda chang-gaz tozalash uskunalarini toʼliq modernizatsiya qilish rejalashtirilgan boʼlib, 6 oy davomida 2 ta korxonada 6 ta chang-gaz tozalash uskunalari toʼliq modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. 2 ta korxonada 99,5 % lik samaradorlikda chang-gaz tozalash uskunalari oʼrnatilishiga erishildi hamda doimiy nazoratga olindi. “Yashil belbogʼ” bogʼlarni barpo etish boʼyicha 1 va 2 toifaga mansub korxonalar tomonidan bahor mavsumida 9 353 tup manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.
Joriy yilning 6 oyi yakuniga koʼra oʼtkazilgan reydlar natijasida “Chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish” borasida qonunchilik talablari ijrosi ustidan davlat ekologik nazorati tartibida jami 80 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar koʼrilgan.
Mazkur yo’nalishdagi ishlar uzluksiz davom etmoqda.