Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 maydagi "Tsement-beton qoplamali avtomobilь yoʼllari tarmogʼini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-249-sonli hamda Toshkent shahar hokimining 2022 yil 26 maydagi 549-14-0-Q/22-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Yangihayot tumani manzilli roʼyxatlar joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olgan holda bildirilgan takliflar asosida ichki yoʼllarni sementi beton qoplamasi bilan taʼmirlash uchun loyiha va pudrat ishlarini bajaruvchi talabgor loyihachi va pudratchilarni hamkorlikka chorlaymiz
Qurilish ishlarining shaffofligini taʼminlash, korruptsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, loyihachi va pudratchi tashkilotlardan kelib tushgan takliflar tuman hokimligida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tomonidan oʼrganib chiqiladi.
Hamkorlik istagini bildirganlar, loyihachi (pudrat) tashkiloti haqidagi maʼlumotlar yigʼma jildini 2022 yil 25 iyulь soat 17:00 gacha tuman arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish majmuasiga taqdim etishi soʼraladi.
Murojaat uchun: 71-210-60-08