Loyiha, pudrat tashkilotlarini hamkorlikka chorlaymiz
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi 177-son qaroriga muvofiq 2021-2023 yillar davomida jami 89 ta ijtimoiy soha obʼektlarini qurish, taʼmirlash va jihozlash chora-tadbirlari belgilangan.
Xususan, tumanimizning “Oriyat” mahallasida 720 oʼrinli, “Yangi Choshtepa” mahallasida 330 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binolarining loyihalash va qurilish-taʼmirlash ishlarini tuman mahalliy byudjeti mablagʼlari hisobidan dekabrь oyida boshlash rejalashtirilgan.
Ushbu obʼektlar qurilishi boʼyicha shaffoflikni taʼminlash, korruptsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, loyihachi va pudratchi tashkilotlardan kelib tushgan takliflar tuman hokimligida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tomonidan oʼrganib chiqiladi.
Hamkorlik istagini bildirganlar, loyihachi (pudrat) tashkiloti haqidagi maʼlumotlar yigʼma jildini 2021 yil 11 dekabrь soat 18-00gacha tuman arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish majmuasiga taqdim etishi soʼraladi.
Murojaat uchun: 71-210-60-08