Diqqat e’lon!
Yangihayot tumani hokimligi tomonidan hududdagi 5 ta ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha tender(tanlov) o‘tkaziladi.
Xalq deputatlari tuman kengashlari xususiy sheriklarning eng maqbul takliflarni tanlab olishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-sonli qarori asosida quyidagilar talab etiladi:
xususiy sheriklar mablag'larining ulushi kamida 50 foiz va undan yuqori bo‘lishi;
xususiy sheriklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlar miqdori mahalliy byudjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag'larga nisbatan kam bo‘lishi;
xususiy sheriklarning soliq to‘lovchi sifatida ishonchli bo‘lishi va oxirgi yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 3 mlrd so‘mdan kam bo‘lmasligi.
Hujjatlar 11-avgustga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot uchun:
+99871-210-60-35;
+99871-210-60-42