info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Undirilgan qarzdorlik undiruvchining hisob raqamiga oʻtkazib berildi

Undirilgan qarzdorlik undiruvchining hisob raqamiga oʻtkazib berildi
timeicon 12-04-2023

Majburiy ijro byurosi Yangihayot tumani boʻlimi davlat ijrochisi Z.M.Vorisov ish yurituvida, Chilonzor tuman notariusining 29.03.2023-yildagi 202302259000640-sonli ijro xatiga asosan qarzdor Muratov Rixsivoy Axmedovichdan undiruvchi “CLEVER MIKROMOLIYA TASHKILOTI” MCHJ foydasiga 27.165.947,93 soʻm kredit qarzini undirish hamda undiruvni garovdagi “NEXIA-3”, davlat raqami 01Z086FB boʻlgan avtotransport vositasiga qaratish bilan bogʻliq ijro hujjati kelib tushgan.

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan 08.04.2023-yil kuni avtotransport vositasi xatlanib vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan 11.04.2023-yil kuni qarzdorlik toʻliq undirildi hamda undirilgan qarzdorlik undiruvchining hisob raqamiga oʻtkazib berildi.

Yuqoridagi ijro hujjatining amalda ijrosi taʼminlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech