Tumanimizning 2022-yil uchun eksport rejasi 87,0 mln. AQSH dollari boʻlib, shundan 85,0 mln. AQSH dollari sanoat va 2,0 mln. AQSH dollari meva-sabzavot mahsulotlarini tashkil qilib, mazkur reja tumanimizning 26 ta ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalar tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylari uchun belgilangan reja 9,7 mln. AQSH dollari boʻlib, amalda 28-fevral holatiga koʻra, 24,3 mln. AQSH dollari yoki rejaga nisbatan 251,1 foizga bajarildi.
Dasturdan tashqari qoʻshimcha 9 ta korxona eksportga jalb qilinib, ular tomonidan 2,5 mln. AQSH dollari qiymatida mahsulot eksport amalga oshirildi.