info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qoʻllab -quvvatlash borasida tumanimizda samarali ishlar amalga oshirilmoqda

“Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qoʻllab -quvvatlash borasida tumanimizda samarali ishlar amalga oshirilmoqda
timeicon 21-01-2022

Xabaringiz bor, “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qoʻllab -quvvatlash borasida tumanimizda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan muhtoj oilalarga “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida 6 mlrd 771 mln soʻm miqdorida yordamlar koʻrsatildi.

“Saxovat.argos.uz” tizimiga kiritilgan 9 287 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarning 9 279 nafari (99.9 foiz) ishga joylashtirildi.

Bugungi kun holatiga tumanda “Temir daftar”da qolgan yordamga muhtoj oilalar soni 665 tani, oila aʼzolari soni 2 279 nafarni tashkil qiladi.

Ushbu oilalarning ijtimoiy holati quyidagilar:

- 261 ta oila (942 nafar oila aʼzosi) mehnatga layoqatsiz nogironlari va surunkali kasallikka chalingan aʼzolari mavjud oilalar;

- 113 ta oila (388 nafar oila aʼzosi) yakka-yolgʻiz keksalar, bevalar va boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand aʼzolari bor oilalar;

- 251 ta oila (841 nafar oila aʼzosi) koʻp farzandli ehtiyojmand oilalar;

- 89 ta oila (277 nafar oila aʼzosi) haqiqatda ehtiyojmand, daromad manbaini yoʻqotgan nochor va moddiy koʻmakka muhtojligi bor oilalarni tashkil etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech