Hozirda jamiyatda eng dolzarb masalalardan biri bu oilalar masalasi boʻlib, uni mustahkamlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aliment undiruvi bilan bogʻliq ishlarni jadallashtirish va toʻlov intizomi boʻyicha Byuroning Toshkent shahar tuman boʻlimlari tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Byuroning Yangihayot tuman ish yurituviga FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 25.08.2023-yildagi sud buyrugʻiga asosan karzdor B.B.dan undiruvchi D.A foydasiga 1/3 kism mikdorida aliment undirish to'gʻrisida ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari jarayonida bir oila tiklandi.
Shuningdek, ijro hujjati Konunning 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi hamda davlat idrochisi A.Abdumajidov tomonidan taraflar bilan suhbat olib borilib, oilaning muqaddasligi farzandlar tarbiyasida ota-onani alohida oʻrni borligi hamda oilani mustahkamlash boʻyicha tushunchalar berilganligi natijasida oila yarashtirilishiga erishilgan holda, jamiyatimizda yana bir butun oila sonining koʻpayishi taʼminlandi.