Majburiy ijro byurosi Yangihayot tumani boʻlimi boshligʻi 1-darajali yurist N.N.Aripov ish yurituvida Toshkent viloyati IIBB YXXB maʼmuriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Nazimov Mirjalol Gʻayrat oʻgʻlidan undiruvchi davlat foydasiga jami 44 ta 25.340.000 soʻmlik maʼmuriy jarima undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati boʻyicha muqaddam qarzdorga bir necha bor tushuntirish xamda ogohlantirish ishlari olib borilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli boʻlgan “Cobalt” rusumli davlat raqami 01Y341RB boʻlgan avtotransport vositasi xatlangan.
Shundan soʻng qarzdor tomonidan yuqoridagi qarzdorliklar toʻliq toʻlab berildi hamda ijro hujjati ijrosi amalda toʻliq taʼminlandi.