info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tumani prokurorining tuman aholisiga murojaati

Yangihayot tumani prokurorining tuman aholisiga murojaati
timeicon 22-05-2025

Assalomu alaykum,

Hurmatli tumanimiz fuqarolari hamda mehmonlari !

 

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.  Inson qadri ulug‘lanayotgan ana shunday sharoitda mahallalarimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasida barchamizning zimmamizdagi mas’uliyatli vazifalar yanada ortib bormoqda.

 

Murojaatim davomida tumanimiz hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida belgilab olingan quyidagi chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tsam.

 

Jinoyatchilikka qarshi kurashishda asosiy e’tiborni sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish, ularning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish masalasiga e’tibor qaratilmoqda. Bunda huquqni muhofaza qilish organlari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etgan xolda, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning asl sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

 

Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “ijtimoiy profilaktika” tizimi orqali profilaktika inspektori, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faolidan iborat “mahalla beshligi” hamkorligi  to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali, mahallaning o‘zida muammoli fuqarolar bilan ishlashni kuchaytirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangixayot tumanida jinoyatchilikning oldini olish va jamiyatda huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va nazorat tadbirlari: tuman IIB tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari muntazam ravishda tashkil etildi.

 

12 ta mahallada profilaktika inspektorlari faoliyati kuchaytirilib, har bir xonadon o‘rganilib, “Mahallabay” ishlash tizimi joriy qilindi.

 

2025 yilning 4 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan tumanimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yuqorida keltirilgan  chora-tadbirlar natijasida - tumanimiz hududida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar sezilarli darajada pasaydi

 

O‘tgan yilda jami 108 ta oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda jami qayd etilgan 88 tasi yoki -18,5 foizi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar yaxshilangan

Aholini bandligini ta’minlash va ijtimoiy muhofaza: 320 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi, 58 nafar yoshlar kasb-hunar markazlarida o‘qitilib, ularga maxsus sertifikatlar berildi, kam ta’minlangan
74 ta oilaga moddiy yordam va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash: “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” asosida aniqlangan 270 nafar fuqaro bilan individual ish olib borildi.

 

“Xavfsiz mahalla” loyihasi doirasida 8 ta mahallaga videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

 

Yuqorida qayd etilgan ishlar bilan bir qatorda, muammolarga to‘xtalib o‘tsam.

 

So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi jinoyatlar va ularni sodir etish usullari paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yot g‘oyalarni targ‘ib etish, giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini va mol-mulkini axborot texnologiyalari yordamida yani internet hamda ijtimoiy tarmoqlar yordamida noqonuniy qo‘lga kiritish holatlari ko‘payib bormoqda.

 

Raqamli dunyoda yashayapmiz. Har kunimizning deyarli asosiy qismi telefon, internet xamda ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq. Bank to‘lovlarini amalga oshirishdan tortib, davlat xizmatlaridan foydalanishgacha barchasi internet orqali bajarilayotgani. Bu qulay. Lekin bu qulaylikning "ikkinchi tomoni" — axborot xavfsizligi muammosidir.

 

 Keling ushbu axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar, yani kiberjinoyatlarga to‘xtalib o‘tsam.

 

Keyingi paytlarda jinoyatchilar o‘z jinoiy qilmishlarini internetdan foydalangan holda soxta havolalar yuborish orqali tasdiqlovchi kodni qo‘lga kiritib, karta boshqaruvini egallash, onlayn savdo platformalarida turli aldovlar bilan tovar va xizmatlar uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishga erishish, telefon qo‘ng‘iroqlari orqali bank karta boshqaruvini tasdiqlovchi kodni qo‘lga kiritish kabi usullar bilan  sodir etmoqdalar.

 

Bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning eng samarali usuli fuqarolarda kiberjinoyatlarga qarshi immunitetni shakllantirishdir. Bunda internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda noma’lum havolalarni yuklamaslik, begona shaxslardan bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlari vaqtida shaxsingizga oid ma’lumotlarni bermaslik talab etiladi.

 

Yangihayot tumanida Prezidentning PQ-1 sonli qarori asosida amalga oshirilgan ishlar aholi hayotini yaxshilashga va ularga zarur infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu tadbirlar nafaqat bevosita ishlab chiqarishni, balki xalqning ijtimoiy farovonligini oshirishga ham qaratilgan.

 

Yangihayot tumanidagi mazkur ishlarning natijalari bugungi kunda aholi o‘rtasida yaxshi qabul qilinmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etishi kerak va bundan keyingi yillarda yanada katta natijalarga erishish uchun yangi loyihalar amalga oshirilishi lozim.

 

Biz jinoyatchilikni nafaqat jazo bilan, balki jamiyatdagi ma’naviy va ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlash orqali oldini olishga e’tibor qaratishimiz zarur. Har bir fuqaro, yoshlar va kattalar jamiyatda tinchlikni saqlashga, o‘z huquqlarini tushunishga va qonunlarga rioya qilishga mas’uldir.

 

Biz birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurashib, yanada xavfsiz va barqaror jamiyatni barpo etamiz.

 

Mamlakatimiz rivoji uchun amalga oshirilayotgan bu tadbirlarning davomini ko‘rish va ularni yanada mukammallashtirish bizning birgalikdagi maqsadimiz bo‘lishi kerak.

 

Tashakkur!

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech