Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiya rahbarining 2021 yil 12 iyunьdagi 02-RА 2/1-1626-sonli topshirigʼiga asosan, Yangihayot tumani hokimligida 2023 yil yanvar-mart oylari davomida murojaatlar ijrosi boʼyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Tuman hokimligiga kelib tushgan ijro muddati buzilgan murojaatlar soni kamaygan hamda majmualarda murojaatlarni belgilangan tartibda koʼrib chiqish holati hozirgi kunda talab darajasiga olib kelinmoqda.
Xususan, tuman hokimligiga 2023 yil 1 chorak davomida jami 1110 ta yuridik va jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 351 tasi kommunal soha, 452 tasi ijtimoiy soha, 107 tasi qurilish soha va 200 tasi boshqa yoʼnlishlarda boʼlgan.
Murojaatlarning aksariyati fuqarolarning rahbarlar tomonida qabullari kommunal xizmat koʼrsatish va XUJMSh faoliyati boʼyicha 28 ta, qurilish masalasi 33 ta, mahalla yoʼnalishi boʼyicha 38 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi 44 ta, uy-joy olish masalasi 17 ta, investitsiya va tashqi savdo masalari boʼyicha 11 ta,ijtimoiy soxa boʼyicha 28 kredit maslalari 92 ta, sogʼliqni saqlash sohasi 12 ta boshqalarga toʼgʼri keladi.
Yuqoridagi 1110 ta jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlardan 746 tasi (62 %) qanoatlantirilgan.
Tuman hokimi va uning oʼrinbosarlari tomonidan belgilangan reja jadvallar asosida fuqarolar qabuli tashkil etilgan. Jumladan, tuman hokimi tomonidan fuqarolar qabulida qabul qilingan shaxslar soni 81 nafar, tuman hokimi oʼrinbosarlari tomonidan qabul qilingan shaxslar soni 223 nafar, shundan, bevosita idorada qabul qilingan shaxslar soni 58 nafar, sayyor qabulxonada qabul qilingan shaxslar soni 246 nafardan iborat.
Hozirgi kunga qadar tuman hokimi tomonidan 10 tasi sayyor qabul, 6 ta shaxsiy qabular oʼtkazilgan.
Tuman hokimligida fuqarolarga qoʼlayliklar yaratish maqsadida onlayn muloqot yoʼlga qoʼyilgan.
Tuman hokimligi tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda sayyor, ommaviy,yoshlar bilan uchrashuvlar va mutasaddi rahbarlar tomonidan shaxsiy qabullar yoʼlga qoʼyildi va nazorati olib borilmoqda.
1-chorak davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar umumiy soni 416 tani tashkil qilib, hozirgi kunda ijrosi taʼminlangan murojaatlar soni 410 ta va oʼrganish jarayonidagi murojaatlar 6 ta tashkil etadi.
Murojaatlar tarmoqlar kesimidagi taqsimoti.
Ijtimoiy maishiy masalalari- 29,5
Tadbirkorlik masalalari- 20,5
Uy joy bilan bogʼliq masalalari- 35,5
Tibbiyot sohasi – 17,8
Kommunal masalalari- 9,6
Taʼlim masalalari- 5,1
Maktabgacha taʼlim masalalari- 7,1
Ishga joylashish- 10,7
Qurilish masalalari-9,4
Xotin qizlar masalalari boʼyicha masalalari- 35
Investitsiya masalalari - 19,8
Bundan tashqari tuman hokimligi ijro intizomiga maʼsul boʼlgan mutasaddilariga Oʼzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan murojaatlarni koʼrib chiqishning asosiy printsiplaridan biri etib murojaatlarni oʼz vaqtida va toʼliq koʼrib chiqish, murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi haqida muntazam ravishda har hafta koʼrsatma va ogohlantirilish ishlari olib borilmoqda.