info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Toshkent metallurgiya zavodi

timeicon 12-01-2024

2017-yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va xorijiy investor ishtirokida “Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ tashkil etildi. Bu zavod O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

Zavodni qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad metall mahsulotlari iste’mol bozorini yaqin va uzoq xorij ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha oladigan, import o‘rnini bosuvchi sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat edi. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish, sanoat va boshqa sohalarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga o‘z xarajatlari va narxlarini jiddiy ravishda pasaytirish imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech