Tumanning 2023-yil uchun eksport rejasi 124,9 mln. AQSH dollari boʻlib, shundan 122,9 mln. AQSH dollari sanoat va 2,0 mln. AQSH dollari meva-sabzavot mahsulotlarini tashkil qilib, mazkur reja tumanimizning 30 ta ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalar tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan edi.
Joriy yilning yanvar-dekabr oylari uchun belgilangan reja 124,9 mln.AQSH doll. boʻlib, tezkor maʼlumotlarga asosan, amalda 125,4 mln.AQSH doll. yoki rejaga nisbatan 100,4 foizga bajarilmoqda.
Dasturdan tashqari qoʻshimcha 49 ta korxona eksportga jalb qilinib, ular tomonidan 22,4 mln.AQSH doll qiymatida mahsulot eksport amalga oshirildi.
Misol uchun, “BEYKAB GMBH” MCHJ qoʻshma korxonasi tomonidan
8,9 mln.dollar kabel maxsulotlari Turkiya davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“PERFECT ART” MCHJ korxonasi tomonidan 3,1 mln.dollar un maxsulotlarini Afgʻoniston davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“BEYKAB ABB” MCHJ qoʻshma korxonasi tomonidan 6,5 mln.dollar kabel maxsulotlarini Turkiya davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“Artikul Aziya Kabel” MCHJ korxonasi tomonidan
41,5 mln.dollar kabel maxsulotlarini Qozogʻiston, Xitoy va Turkiya davlatlariga eksport amalga oshirilgan.
“Sladus Produce” MCHJ korxonasi tomonidan 3,2 mln.dollar qandolat maxsulotlarini Ozarbayjon davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“Vektan-Trading” MCHJ korxonasi tomonidan 4,3 mln.dollar kimyoviy maxsulotlarini (mum) Rossiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Avstriya va Turkiya davlatlariga eksport amalga oshirilgan.
“Original Textile And Print” MCHJ QK korxonasi tomonidan
3,8 mln.dollar trikotaj maxsulotlarini Rossiya davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ korxonasi tomonidan
14,3 mln.dollar metal mahsulotlarini Qozogʻiston davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“Aiko Rattan” MCHJ korxonasi tomonidan 1,9 mln.dollar mebel mahsulotlarini Rossiya davlatiga eksport amalga oshirilgan.
“Profit System Plastic” MCHJ korxonasi tomonidan 1,6 mln.dollar qurilish mahsulotlarini Rossiya va Qozogʻiston davlatlariga eksport amalga oshirilgan.