Yangihayot tumani hokimiyatida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining tuman bosqichi boʼlib oʼtdi.
Unda jamiyatda oʼz oʼrniga ega, har jabhada muvaffaqiyatga erishayotgan iqtidorli xotin-qizlar ishtirok etishdi. Hakamlar hayʼati taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat kabi yoʼnalishlarga talabgor xotin-qizlarni adolatlilik va shaffoflik printsiplariga rioya qilgan holda baholadilar va eng yuqori natija qayd etgan nomzodlar shahar bosqichiga yoʼllanma olishdi.
Mazkur mukofotning shahar bosqichiga yoʼllanma olgan xotin-qizlarga omad yor boʼlishini tilaymiz!