Yangihayot tumani hokimiyatida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralashning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda hakamlar hayʼati tomonidan talabgor xotin-qizlarning hujjatlari oʻrganib chiqildi. Baholashda adolatlilik va shaffoflik prinsiplariga alohida eʼtibor qaratildi. Eng yuqori natija qayd etgan nomzodlar shahar bosqichiga yoʻllanma olishdi.
Mazkur mukofotning shahar bosqichiga yoʻllanma olgan xotin-qizlarga omad yor boʻlishini tilaymiz!