Xabaringiz bor, joriy yilning 15-yanvaridan mahallalar boʻylab bir qator yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ushbu turkum loyihalardan biri “Mahallaning piru-badavlati” loyihasi doirasida tumanimiz mahallalarida uzoq yillar davomida yashab kelayotgan piru-badavlat otaxon va onaxonlarni nikohlarining shonli sanalari munosabati bilan tabriklash tadbirlari davom etmoqda.
Tumanimizning Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi va mahalla raislari ishtirokida tumanimizning “Olchazor”, “Xumo”, “Binokor” mahallalarida shonli sanalarini nishonlayotgan oilalarni qutlash tadbirlari boʻlib oʻtdi.