Kuni kecha tuman hokimi boshchiligida Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi vakillari hamda qator mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablaridagi bitiruvchi yoshlarning ota-onalari bilan “Zoom” platformasi orqali online uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, kelgusidagi ta’lim jarayonlarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, o’quvchilar orasidagi odob-axloq masalarida ota-onalarning o’rni, shuningdek, yoz mavsumida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid masalalar haqida suhbatlashildi.
Tadbir davomida mutasaddilar ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Muloqot so’nggida maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotgan, bilimi, odob-axloqi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan o’rnak ko’rsatib kelayotgan o’quvchilarning ota-onalari tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.