Yangihayot tumani hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Tashabbus” mahallasidagi joylashgan savdo shahobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda ko‘p qavatli turar-joy xonadonlariga tegishli turli e’lon va reklamalar, shuningdek, axborot beruvchi peshlavhalar o‘rganildi.
O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tashkilot mas’ul xodimlari, uy egalari hamda “Tashabbus” MFY xodimlariga ogohlantirish xatlari berildi va tegishli qonun va qonunosti hujjatlari bilan tanishtirildi.
Joyida bartaraf etish imkoni bo‘lgan kamchiliklar tuzatilib, qolgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga muhlat berildi.