Bojxona qo'mitasining Milliy kinologiya markazida markaz xodimlari bilan "Zilzila sodir bo'lganda aholining harakatlari" mavzusida profilaktik suhbat olib borildi.
Unda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi katta inspektori aholi muhofazasini ta'minlash maqsadida zilzila sodir bo'lganda turar-joy inshootlari va boshqa tashkilotlarda qilinishi kerak bo'lgan tezkor chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va zararlar miqdorini jiddiy kamaytirishga doir xodimlarning savollariga javob berildi.