Tumanimizdagi 304-umumtaʼlim maktabida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingani munosabati bilan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar milliy bayrogʼimiz davlat va jamiyat hayotini, uning jahon hamjamiyatidagi rolini koʼrsatishda muhim ahamiyatga ega boʼlib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanishini alohida taʼkidladilar.
Maktab oʼquvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar va sahna koʼrinishlari tadbirga oʼzgacha fayz kiritdi.