Yangihayot tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o'tkazildi.
Ushbu bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning jismoniy tayyorlik darajasi belgilangan mezonlar va talablar asosida tekshirildi.
Ma’lumot uchun, “Jasorat sinflari”da o‘qish muddati yetti yilni tashkil etadi. Ushbu sinflarga har yili 4-sinfni tamomlagan 26 nafar o‘quvchi tanlov asosida 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.