Tumanimizdagi 66-oilaviy poliklinikada tuman hokimi o'rinbosari va Yangihayot tumani din ishlari bo'yicha bosh mutaxassis boshchiligida "Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda, avvalo, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni olish va tarqatishda e'tiborli bo'lish, diniy ekstremizm va terrozim kabi yot g'oyalar ta'siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlikni oshirish, yoshlar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kerakligi ta'kidlandi.
Shuningdek, tadbir yakunida ijtimoiy tarmoqlar orqali yot g'oyalar ta'siriga tushib, yo'ldan adashgan fuqaro o'zining boshidan kechirganlari, pushaymon bo'lgani haqida gapirib, barchani hushyor bo'lishga chaqirdi.