Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Yangihayot tuman boʼlimida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Boʼlim rahbarlari va shaxsiy tarkib ishtirok etgan tadbirda yoshlarni jamiyatga zid boʼlgan yot gʼoyalardan asrash, turli diniy-ekstremistik guruhlarning targʼibotiga yoʼl qoʼymaslik, aholini hushyorlikka chaqirish kabi masalalar borasida soʼz yuritildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida noqonuniy xatti-harakatlar, korruptsiya, giyohvand moddalar savdosiga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha profilaktik suxbat oʼtkazildi.