Bugun 330-umumta'lim maktabida mahalla ahli ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Bundan maqsad tuman bo'yicha ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, diniy bag'rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashdan iborat.
Unda davlat va jamoat tashkilotlarida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, chet elga muayyan muddatga ishlash, o'qish yoki ziyoratga ketishni rejalashtirgan fuqarolarning turli adashgan guruhlar faoliyatiga aralashib qolishining oldini olish bo'yicha tushunchalar berildi.