"Chortoq" mahallasida joylashgan madaniyat markazida "Jaholatga qarshi ma'rifat" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
Unda Yangihayot tumani din ishlari bo'yicha bosh mutaxassis, tuman ichki ishlar bo'limi mas'ullari va xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlarning ko'r-ko'rona ma'lumotlarga ishongan holda noto'g'ri yo'lga kirishining oldini olish, fuqarolarning turli radikal oqimlar ta'siriga tushib qolmasliklari uchun ularga tushuntirishlar berish va internet ma'lumotlaridan to'g'ri foydalanish kerakligi to'g'risida so'z yuritildi.
Shuningdek, tadbir yakunida bo'lishi kutilayotgan referendumning ahamiyati va Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida targ'ibot guruhi a'zosi ma'lumot berdi.