O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Yangihayot tuman bo'limida "Jaholatga qarshi ma'rifat" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo'lib o'tdi.
Bo'lim rahbarlari va shaxsiy tarkib ishtirok etgan tadbirda yoshlarni diniy-ekstremistik oqimlardan asrash, jamiyatga zid g'oyalar targ'ibotiga yo'l qo'ymaslik va fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirish borasida so'z bordi.
Shu bilan birga, xizmat faoliyati davomida noqonuniy xatti-harakatlar, givohvand moddalar savdosiga yo'l qo'ymaslik ta'kidlanib, xorijda diniy ta'lim olishga ketgan yoshlarning ayanchli oqibatlari to'g'risida hujjatli film namoyish etildi.