Byudjetdan tashqari pensiya boʼlimi xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" diniy-maʼrifiy tadbiri boʼlib oʼtdi.
Bundan maqsad turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi insonlar oʼrtasida oʼzaro hurmat, teng huquqlilik va totuvlikni targʼib qilishdan iborat. Tadbirda yigʼilganlarga vijdon erkinligi, diniy ekstremizm va terror tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali yot gʼoyalar taʼsiriga tushmaslik va yoshlarni jamiyatga zid qarashlardan asrash uchun ehtiyotkorlikka chaqirildi.