Jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi birinchi o‘ringa qo‘yildi
Kuni kecha tuman IIO FMB boshlig‘i tomonidan mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha belgilangan yo‘riqnoma tanishtirildi.
Ushbu kechki saf yig‘inida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallarda osoyishta muhitni yaratish yuzasidan bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi" doirasida tashkil etilayotgan maxsus profilaktik tadbirlarni davom ettirish va bunda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.