Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida birinchi bosqich kursantlarning "Vatanga qasamyod" qabul qilish tantanali tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Yangihayot tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, harbiy xizmatchilar, kursantlarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar mazkur tadbirning o‘tkazilayotgani kursantlar uchun faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishi bilan bir qatorda, tanlagan kasbi kursantlardan sodiqlik va mas'uliyatni talab etishini alohida ta’kidladi.