Kuni kecha tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy, xizmat koʻrsatish Vazirligi vaziri oʻrinbosari O.Jurayeva boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Toshkent shahar IIB oʻrinbosari, tuman hokimi oʻrinbosari, tuman prokurori oʻrinbosari va boshqa masʼullar ishtirok etdi.
Yigʻilishda asosan koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish boʻyicha tumanda olib borilayotgan ishlar, xususan hududdagi 41 uy-joy mulkdorlari shirkati ish faoliyatini oʻrganish va muvofiqlashtirish ishlari yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi.