Tumanimizdagi 2-umumtaʼlim maktabida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Tadbirga oʼqituvchilar, mahalla faollari va oʼz sohasida samarali mehnat qilayotgan tumandoshlar taklif etildi.
Maktab oʼquvchilari tomonidan namoyish etilgan sahna koʼrinishlari va harbiy orkestr chiqishlari yigʼilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.