Tumanimizdagi 50-sonli DMTTda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Tadbir bogʼcha tarbiyalanuvchilari qalbida vatanparvarlik tuygʼusini shakllantirish, ularni Bosh qomusimizga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.
Bayram dasturidan oʼrin olgan bolajonlar ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar mehmonlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.