O'zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi akademiyasida navbatdagi "Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda yig'ilganlarga "Missionerlik va prozelitizmning ma'naviy barqarorlikka tahdidi" mazmun-mohiyati, biror bir dinga e'tiqod qilgan fuqaroning o'z dinidan voz kechib, o'zga dinni qabul qilishga majbur qilinishi va shaxslarni iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jihatdan ta'sir doirasiga tushirish holatlari to'g'risida so'z yuritildi.
Shuningdek, missioner tashkilotlarning yoshlar ongiga ta'sir etishi, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida prozelitizm va boshqa missionerlik faoliyatlarining ta'qiqlab qo'yilganligi, bunga nisbatan ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ham ma'lumot berildi.