info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonlari bilan taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi

timeicon 07-12-2022

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan, davlatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulugʼlanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga munosib hissa qoʼshib kelayotgan barcha soha vakillari esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.

Yangihayot tuman hokimligida ham "Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonlari bilan taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Tuman hokimi hokimlik tizimida ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan qutlab, ularga esdalik nishonlarini topshirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech