Hurmatli ota-onalar!
Mamlakatimizda davlatimiz rabhari boshchiligida yoshlarni kelajakda yetuk shaxs bo’lib shakllanishlari uchun ularni taʼlim olishi, tadbirkorlikka keng jalb etilishi, bandligini taʼminlash hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, har bir yoshning jamiyatda o’z o’rnini topishida asosiy ustun bevosita uning ota-onasi hisoblanadi.
Shu maqsadda, Sizga murojaat qilmoqdamiz!
Hozirda shiddat bilan rivojlanayotgan va tahlikali zamonda oilada yuksak maʼnaviy muhitni shakllantirish nihoyatda zarur bo’lib, oilaning tinch-totuv, farzandlarning baxtli bo’lishida ota-ona va mahallaning o’rni beqiyos. Zero,
Jahonda eng oliy neʼmatdir farzand,
Farzand erur yolg’iz joningga payvand!
Shu sababli, farzandingiz taʼlimi va tarbiyasiga har kuni, hech bo’lmasa 10 daqiqa vaqt ajratyapsizmi? Ular bilan dildan suxbat quryapsizmi?
Farzandingiz kelajakda komil inson bo’lib yetishishi hamda oila, jamiyat va davlatning mustahkam ustuni bo’lishi uchun Sizning va barchamizning eʼtiborimiz hamda yordamimiz o’ta muhim hisoblanadi. Ular jamiyat va davlat uchun zarur bo’lgan shaxs bo’lib yetishishiga ishonamiz. Bu borada ota-onalik vazifangizni bajarishda, biz doimo Siz bilan yelkadoshmiz.
Oilangizga ravnaq, timchlik-xotirjamlik va farzandingizga yorqin kelajak tilaymiz!