info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Hurmatli yangihayotliklar va tumanimiz mehmonlari!

Hurmatli yangihayotliklar va tumanimiz mehmonlari!
timeicon 01-09-2022

 

Sizlarni xalqimizning eng buyuk, eng aziz bayrami – Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz bir yillik bayrami bilan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka va farovonlik tilayman.

Yurtimizda olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar natijasida tumanimizda ham bir qator qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Shu kungacha tumanimizda 4 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta 1 680 oʼrinli umumiy oʼrta taʼlim maktabi, 2 ta 250 qatnovga moʼljallangan oilaviy poliklinika, 15 ta mahalla fuqarolar yigʼini binolari, 1 ta bank shahobchasi, 1 ta militsiya tayanch punkti, 1 ta Ichki ishlar boʼlimi binosi hamda Davlat xizmatlari markazi qurilib foydalanishga topshirildi.

Yoʼl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish boʼyicha jami 297 ta markaziy va ichki koʼchalarida 589 ming kv.m (97,4 km) yoʼllarni qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Tuman ahlining farovonligi uchun olib borilayotgan ishlar shu bilan toʼxtab qolgani yoʼq. “Chortoq” mahallasida maktab binosi, Xushnud mahallasida Bolalar va oʼsmirlar sport maktabi, oilaviy poliklinika qurish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida “Charogʼon” mahallasida 300 oʼrinli shifoxona qurish, 80 ming aholiga xizmat koʼrsatuvchi markaziy koʼp tarmoqli poliklinikani kapital taʼmirlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari joriy yilning oʼzida 1610 oʼrinli boʼlgan jami 3 ta yangi bogʼchalarni foydalanishga topshirish reja qilingan. Xususan, tuman hokimligi tashabbusi bilan individual loyihalar asosida 320 oʼrinli burchaksiz hamda 720 oʼrinli muxtasham bogʼchalar qurilmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda 1 ta tez tibbiy yordam stantsiyasi qurilib, foydalanishga topshirilish jarayonida.

Аzizlar, Muxtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʼoyani oʼzingizga dasturulamal qilib olgan holda Mustaqil Vatanimizning gullab-yashnashi, rivojlanib ravnaq topishi uchun biz bilan yelkama-elka boʼlib fidokorona olib borayotgan ishlaringizga omad tilayman.
Yurtimiz tinch, Mustaqilligimiz abadiy boʼlsin.

Yangihayot tumani hokimi
X.Inogamov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech