Bugun ertalabdan tuman hokimi, hokim o'rinbosarlari tomonidan tumandagi ijtimoiy sohalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi.
Shuningdek, tuman kommunal soha vakillari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan yig'ilish o'tkazilib, ularga obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha ko'p qavatli uy yerto'lalarining mavsumga tayyorgarlik holati, ularda olib borilgan ta'mirlash ishlarining natijasi ko'zdan kechirildi.
O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.