Yangihayot tumani hokimligida Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi hamkorligida xotin-qizlar faollari uchun “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʼyicha oʼquv-seminari tashkil yetildi.
Seminarda Oliy Majlis Senati deputati Gulnora Marufova va Yangihayot tumani adliya boʼlimi bosh maslahatchisi ishtirok yetib, yangi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati, kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, xotin-qizlar faollariga referendumda aholining faol ishtirokini taʼminlash uchun tushuntirish ishlari olib borishlari kerakligi taʼkidlandi.