Yangihayot tumani Oila va xotin-qizlar boʼlimi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida oʼz tadbirkorligini boshlash istagida boʼlgan xotin-qizlar uchun 5 kunlik oʼquv kursi tashkil etildi.
Bunda tumanimizdagi 13 nafar xotin-qizlar tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish, kredit olish tartibi, ishlab chiqargan mahsulotini milliy bozorda sotish va shu kabi tadbirkorlikka doir muhim koʼnikmalarni oʼrganishdi. Shuningdek, ishtirokchilarga oʼzlarining kichik tadbirkorligini boshlashi uchun mutaxassislar tomonidan tavsiya va takliflar berildi.
Oʼquv kursi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.