Bugun 329-sonli umumta’lim maktabida Yangihayot tumani prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, huquqni muhofaza qilish organlarining mas’ul rahbar va xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida tuman hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularni fosh etish, tezkor-qidiruv va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham aytib o‘tildi. Shundan so‘ng o‘zaro hamkorlik va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.