Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida huquq-tartibot xodimlari tomonidan Yangihayot tumanida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Oriyat" mahallasida profilaktika inspektori hamda milliy gvardiya xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Unda hozirgi kunda avj olayotgan turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishda fuqarolarning o‘rni va mas’uliyati haqida tushuntirishlar berildi.