info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Uchrashuvda tuman hokimi va hokim oʼrinbosari ishtirok etib, yoshlarning muammolarini tingladi

timeicon 09-11-2022

Kuni kecha “Yangi Umid” va “Tashabbus” mahalla yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi va hokim oʼrinbosari ishtirok etib, yoshlarning muammolarini tingladi.

10 ga yaqin yoshlar kontrakt toʼlovini toʼlab berish, subsidiya, bandligini taʼminlash masalalaridan murojaat qilishdi. Xususan, Shirin Giyastdinovaning bandligini taʼminlash masalasi ijobiy yechim topib, unga tez orada ish topib beriladigan boʼldi.

Madina Nurmuhammedova esa uyda pishiriq pishirib, oʼzini-oʼzi band qilish istagidagi yoshlardan. Faqat bir oz qoʼllab-quvvatlansa kifoya. Shuni inobatga olgan holda, Madinaga subsidiya asosida pishiriq pishirishi uchun kerakli jihozlar olib beriladigan boʼldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech