Tumanimizdagi 331-maktabda “Oʼzbekistonda yoshlar tarbiyasida yagona davlat siyosati, diniy bagʼrikenglik, millatlararo doʼstlik” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda din ishlari boʼyicha bosh mutaxassis, mahalla yoshlari va xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati haqida maʼlumot berib, diniy bagʼrikenglik va millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur oʼrganish lozimligini taʼkidlab oʼtdilar.
Shuningdek, uchrashuv soʼngida yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisi tomonidan javob olishdi.