info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Uchrashuv tashkil etildi

timeicon 15-07-2022

Kuni kecha Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputatlari va mutasaddi vakillar ishtirokida “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini aholiga tushuntirish masalasiga bagʼishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Bundan maqsad “Yangi Oʼzbekiston –ijtimoiy davlat” tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon boʼlishini taʼminlashdan iborat.

Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida yigʼilganlarga batafsil maʼlumot berildi va referendumda har bir fuqaro faol ishtirok etishi kerakligi taʼkidlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech