Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi Buyuk Britaniyaning Linkoln kolleji bilan xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yishning navbatdagi bosqichini o'tkazdi.
Uchrashuv davomida Linkoln kolleji vakillari texnikumga tashrif buyurdi va ta'lim jarayonlari bilan tanishdi. Tomonlar o'rtasida turli sohalarda o'zaro hamkorlik qilish masalalari ko'rib chiqildi va kelajakdagi rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, tumanimizdagi bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun "Ta'lim va karyera" tadbiri doirasida ochiq eshiklar kuni ham tashkil etildi. Texnikumni tanishtirish jarayonida bitiruvchilarga mavjud yo‘nalishlar va dars jarayonlari haqida ma'lumot berildi.