Uch avlod vakillari bir davrada
Bugun "Navqiron" mahallasidagi 8-sonli umumta’lim maktabida nuroniylar va sektorlarda yashovchi yoshlar ishtirokida navbatdagi "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshi ulug‘ otaxonlar o‘zlarining hayoti va mehnat faoliyati mobaynida ko‘rgan kechirgan qiyinchiliklari hamda bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab, yosh avlodga qimmatli tavsiya va pand-nasihatlarni hadya etishdi.
Tuman nuroniy jamg‘armasi va yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamkorligida bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlar uchun yoshi ulug‘larning boy hayotiy tajribasidan o‘rnak olishiga zamin yaratib kelmoqda.