Tumanimizning “Mashʼal” mahallasida “Eng kitobxon uy bekasi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Aholi oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda ishtirokchilar uch ta shart boʻyicha oʻzlarining egallagan bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Tanlovda har bir ishtirokchi hakamlar tomonidan baholanib borildi va shartlarni aʼlo bajargan tumanimizning fuqarosi M. Ibragimova faxrli 1-oʻrin qoʻlga kiritib, tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.