Tumanimizning faxrli yoshlari!
Yoshlik inson hayotining eng go‘zal davrlardan biri. Yoshlik - shijoat, imkoniyat, orzu-umid va rejalarga boy davr. Har yurtning ertasi undagi yoshlarning shijoati va g'ayrati bilan o'lchanadi.
30-iyun – Yoshlar kuni sifatida bayram qilinishida ham O'zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e'tibor va g'amxo'rlik mujassam.
Bugungi kunda yurtimizda ta'lim, ilm-fan, sport va boshqa barcha jabhada yoshlarning iqtidor va iste'dodlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat hamda shart-sharoitlar yaratilgan va yaratib kelinmoqda.
Sizlarni bugungi bayram bilan chin qalbdan tabriklayman. Vatanimiz ravnaqi yo’lida xalqimizning chinakam kamarbastasi, suyangan tog'i bo'lishingizni, o'z kuch-g'ayratingizni safarbar etib, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizni, o’z maqsadlaringizga erishib, doimo yuzingiz yorug’, toleyingiz baland bo’lishini tilab qolaman.
Ilmingiz bundan-da ziyoda, shijoatingiz bundan ham baland, kelajagingiz porloq bo'lsin. Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g'ayrat, yuksak marralar va orzular ijobatini tilayman. O'qishdan, izlanishdan, ilm olishdan charchamang, kelajagimiz egalari!
Yangihayot tuman hokimi Hayot Inogamov